Baqlajonning “Parizod” navi borligini bilarmidingiz?

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan.

O‘rtapishar nav, o‘suv davri 124 kun. O‘simlik bo‘yi 65-67 sm. Bargi o‘rtacha, to‘q yashil. Mevasi oval shaklda yengil qavariqli, rangi siyoh-rang.

Hosildorligi: navdan qulay sharoitlarda o‘rtacha – 32,0 t/ga hosil olish mumkin.

Ekish muddatlari 10-20 mart kunlarida urug‘i issiqxonaga sepiladi, ochiq maydonga 5-10 mayda ko‘chatlari o‘tkaziladi.

Ekish me’yori: gektariga 550-600 gramm urug‘ sepiladi, qator oralig‘i 70×25-30 sm sxemalarda 65-70 ming ko‘chat ekiladi.

O‘g‘itlash me’yori: azotli — 70 kg/ga va fosforli – 70 kg/ga o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi.

Hozirda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida baqlajonning 120 nav va namunalari mavjud.

Прокрутить вверх