“Shinjon” texnologiyasi — zamonaviy yondashuvning amaliy ko‘rinishi

Respublikamiz hududlarida “Shinjon” texnologiyasi asosida paxta qator orasiga zira ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Durman hududida joylashgan Bodimax MCHJning 25 gektar yer maydonida Xitoyning Xin Lu Zao-57 paxta navi ekilgan bo’lib, endilikda qator oralig‘iga zira ekish ishlari amalga oshirildi.

Jarayonlarda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, hudud rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etib, zira ekish agrotexnologiyasi, parvarish jarayonlari va ushbu usulning samaradorligi yuzasidan fikr almashdilar.

Ushbu ilg‘or agrotexnologiya paxta yetishtirishda samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda yuqori hosil olish imkonini beradi.

Прокрутить вверх