Respublika agroxizmatlar markazi hamda “Matrix” kompaniyasi o‘rtasida suv tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ularni respublika miqyosida keng tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnoma doirasida “Matrix” kompaniyasining ilg‘or, zamonaviy va samaradorligi yuqori bo‘lgan suv tejovchi texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi sohasiga keng joriy etish, ularning afzalliklarini fermer xo‘jaliklari va sohaga oid boshqa subyektlar o‘rtasida targ‘ib qilish, shuningdek amaliy ko‘mak va axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
— suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish mexanizmlarini keng joriy etish;
— suv tejovchi innovatsion texnologiyalarni hududlar kesimida targ‘ib qilish va amaliyotga tatbiq etish;
— fermerlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun seminarlar, treninglar va ko‘rgazmali tadbirlarni tashkil etish;
— ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va sohada zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish.
Mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, mavjud resurslarni tejash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





