“Yoshlar kuni” navbatdagi seminar amaliy mashg‘ulotga aylandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan haftaning har payshanba kuni barcha darajadagi idoralarda «Yoshlar kuni» etib belgilangandi.
Bu yoshlar bilan ishlashning yangi va samarali tizimini boshlab berdi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota tumani hokimi boshchiligida sektor rahbarlari hamda 70 dan ortiq ishsiz yoshlar ishtirokida navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi.
Shuningdek, seminarda Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ham ishtirok etib, yoshlarga yerlarni tahlil qilish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish hamda ekinlarni kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etishdi.
Sohaga oid innovatsiyalar va Agroxizmatlar markazining tavsiyalari yoshlar uchun haqiqiy mahorat darsiga aylandi. Bu kabi tadbirlar tumanda yoshlar bandligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.





