Seminarda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks boshqarish» loyihasi doirasida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillar

Hududlardagi faoliyat yuritayotgan Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bir qator amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi seminar Navoiy viloyati Karmana tumani Hazora hududidagi “Ibrohim Maxsum” fermer xo‘jaligida boʻlib oʻtdi.

Seminarda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks boshqarish» loyihasi doirasida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Zarafshon daryosi havza Kengashi raisi, “Caritas Shveysariya”ning mintaqaviy va mamlakat direktori, Konsorsium vakillari, Navoiy agroxizmatlar markazi rahbar xodimlari, viloyatdagi tadbirkor ayollar, klasterlar va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.

Zarafshon daryo havzasida iqlimga chidamli suv resurslarini kompleks boshqarish orqali aholining turmush tarzi va farovonligini oshirish, suv bilan ta’minlangan qishloq xo‘jaligi yerlarida suvdan samarali foydalanish, iqlim oʻzgarishlariga chidamli va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish agrotexnologiyalarini tatbiq etish, ularni keng miqyosida qo‘llash borasida mutaxassislar tomonidan zarur maʼlumotlar berildi.

Seminar yakunida suv tejovchi innovatsion agrotexnikalar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, ularni qanday ishlatish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх