


Xabar berib borayotganimizdek (https://t.me/Respublika_AKIS/4401) hududlar kesimida 2026-yil g’alla hosili va uni parvarishlash borasida qator amaliy seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi seminar Farg’ona viloyati, Rishton tumanidagi «Paxtakor Iqror» fermer xo‘jaligida tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyat Agroxizmatlar markazi, viloyat hokimligi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda ishtirokchilarga 2026-yil hosili uchun g‘alla maydonlariga biostimulyatorlar bilan ishlov berish, biostimulyatorlarning turlari bo‘yicha sinov-tajriba maydonlarini tashkil etish, ularning ta’sir etish holati va sifatini o‘rganish, shuningdek, biostimulyatorlar qo‘llanilgan maydonlarda fenologik kuzatuvlar olib borish bo‘yicha tushuncha va ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar berildi.
Seminar davomida «Paxtakor Iqror» fermer xo‘jaligida ekologik toza «Biochar» tayyorlash jarayoni amalga oshirilib, ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish va jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

