Respublika agroxizmatlar markazida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Respublika agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Respublika va Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi xodimlari bevosita, respublikaning boshqa viloyatlari mutaxassislari esa ZOOM platformasi orqali yig‘ilishda ishtirok etishdi.

Yig’ilishda kun tartibiga muhim masalalar kiritilib, ular yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirild. Hususan:

1. Respublika agroxizmatlar markazida Kasaba uyushmasi faoliyati muhokama qilindi;

2. Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarida balansda bo‘lgan bino va asosiy vositalarni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari holati yuzasidan hisobotlar tinglandi;

3. Surxondaryo, Namangan, Xorazm, Navoiy, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida konteynerlardan tashkil etilayotgan markazlar uchun yer maydonlarini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi;

4. hududiy agroxizmatlar markazlari rahbarlari va mutaxassislarining malaka oshirish jarayonini tashkil etish, ularni o‘qitish va bilim-tajribasini oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi;

5. tumanlarda har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida bittadan demo maydonchalarni tashkil etish, jumladan olimlar tomonidan yaratilgan g‘alla navlarini ekib, demo maydonchalarda sinash ishlari bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda boshqa ichki masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli topshiriqlar berildi.

Yig’ilish yakunida barcha hududiy markazlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, samaradorlikni oshirish, shuningdek, fermer va tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Прокрутить вверх