Toshkentda EPIS va AKIS oʻrtasida Smart Farm loyihasi boʻyicha yakunlovchi uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkentda EPIS va AKIS oʻrtasida Smart Farm loyihasi boʻyicha yakunlovchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bugun Koreya Respublikasining EPIS agentligi — Oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohalarida taʼlim, ilgari surush hamda axborot xizmati agentligi — va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi oʻrtasida “Smart Farm” loyihasining yakunlovchi texnikaviy koʻrik va muhokamasi oʻtkazildi.

Uchrashuvda loyihaning amalga oshirish jarayoni, infratuzilmani tugallash bosqichlari va obyektlarning ishga tushirishga tayyorgarligi muhokama qilindi. Loyiha doirasida Toshkent viloyatida “K-Farm” koʻchat yetishtirish va ishlab chiqarish tizimi barpo etilmoqda.

Muloqotda EPIS vakili Dr. Chjon Soyong, Respublika agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov, loyiha menejerlari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etdi. Shuningdek, Smart Farm infratuzilmasi va axborot tizimini boshqarish, toʻqima madaniyati xonalari va koʻchat parvarishi jarayonlarini agroxizmatlar markazi tomonidan samarali tashkil etish boʻyicha takliflar keltirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani muvofaqqiyatli yakunlash va 2026-yildan Smart Farm kompleksi ishini toʻliq yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Прокрутить вверх