Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi tomonidan Slovakiya Respublikasining «Rokosan»kompaniyasi vakillari bilan Jizzax viloyati hokimi va mutasaddi rahbarlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Aminokislotali bioorganik o’git ishlab chiqarish zavodini qurishga 20 million yevro tog’ridan-to’g’ri investitsiya kritish loyihasi yuzasidan taqdimot o’tkazildi.
Taqdimotda Slovakiya Respublikasining O’zbekistondagi elchsi, «Rokosan» va «Bioekovord» kompaniyalari rahbarlari kelgusidagi rejalar haqida batafsil to’xtalib o’tdi.
Ma’lumot uchun, Slovakiya Respublikasining «Rokosan» kompaniyasi bilan 2021-yilda boshlangan hamkorlik natijasiga ko’ra, Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot stansiyalari olimlari ishtirokida Amminokislotali bioorganik o‘g‘itlar kompleksi samaradorligi sinovdan o‘tkazilgan. Natijada, mineral o‘g‘itlar ishlatishni 30-40 % kamaytirilib, hosildorlik 20-30% oshganligi tajribada isbotlandi. Bundan tashqari, yer degrodatsiyasining oldi olinib, tuproq mikroflorasi bir pog‘onaga oshgani amaliyotda kuzatilgan.
Uchrashuv yakuniga ko’ra, Jizzax viloyat hokimi U.Mustafoyev va «Rokosan» kompaniyasi bosh direktori Y.Kotsak o’rtasida 18 ta aminokislotali bioorganik o‘g‘itni Jizzax viloyatida ishlab chiqarish bo‘yicha 20 mln yevro miqdoridagi loyihani ma’qullandi. Loyiha uchun Jizzax viloyati «Texnopark» hududidan joy ajratilishi belgilandi.


