
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va sohaga oid bilimlarni oshirish” (ASK Facility) dasturining navbatdagi Loyiha boshqaruvi qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari, Qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

