Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat bilan tanishishdi

Tashrif

Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat bilan tanishishdi

Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirayotgan Respublika agroxizmatlar markazi viloyat va tumanlardagi bo‘lim boshliqlari hamda mutaxassislari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mutaxassislar institutning Milliy genbanki faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash, yangilash va kelajak avlod uchun kafolatli asrash jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ular institut laboratoriyalarida olib borilayotgan:
biotexnologik tadqiqotlar,
o‘simliklar fiziologiyasi va stressga chidamlilik bo‘yicha ilmiy ishlar,
molekulyar-genetik tahlillar
bilan bevosita tanishib, zamonaviy ilmiy uskunalar va metodlar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdilar.

Mehmonlar, bundan tashqari, Dorivor o‘simliklar genetik resurslari bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar — noyob va istiqbolli dorivor o‘simliklarni saqlash, o‘rganish va seleksiya jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, AKIS tizimi orqali bilimlarni hududlarga samarali yetkazish va ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif buyuruvchilarda olib borilayotgan tadqiqotlar, zamonaviy seleksiya yo’nalishi bo’yicha tajribalar juda katta qiziqish va tasurot uyg’otdi.

Прокрутить вверх