Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov boshligidagi mutaxassislar Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib borishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik Kengashi kotibi Sh.Otajonov boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari tomonidan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Quyi Chirchiq tumanlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — genetik jihatdan o‘zgartirilgan xorijiy hamda an’anaviy mahalliy g‘o‘za navlarini intensiv usulda yetishtirish agrotexnologiyasi bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvlar davomida ilg‘or fermer xo‘jaliklari hududlari va tajriba maydonlarida olib borilayotgan zamonaviy agrotexnik usullar, navlarning xosil berish salohiyati, ularga qo‘yilayotgan agrotexnik talablarga alohida e’tibor qaratildi.

Ishchi guruh ushbu tajriba asosida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqib, ularni boshqa hududlarda ham tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonovning ta’kidlashicha, paxtachilikda barqarorlik va samaradorlikni ta’minlash uchun ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish muhim ahamiyatga ega.

Прокрутить вверх