AKIS mutaxassislari hamda tajribali fermerlar ishtirokida gʻoʻza maydonlarida koʻrgazmali amaliy koʻrik oʻtkazildi. Unda gektariga 1 litr me’yorda qoʻllanilgan Etifon preparatining natijalari joyida tahlil qilindi.
• Hosildorlik: Har bir tup gʻoʻzada kamida 8-10 tadan tayyor koʻsak shakllangan boʻlib, bitta koʻsakdagi paxta vazni oʻrtacha 8 grammni tashkil etmoqda.
• Oziqlantirish: Preparat gʻoʻzaning ortiqcha shona va gʻunchalarini toʻkib, asosiy kuch va oziqni shakllanayotgan koʻsaklarga yoʻnaltiradi.
• Quyosh energiyasidan samarali foydalanish: Barglar hajmini tartibga solish orqali quyosh nurining poyaning quyi qismidagi koʻsaklargacha yetib borishini hamda ularning bir maromda ochilishini taʼminlaydi.
Amaliy koʻrik yakunida mutaxassislar barcha fermer va dehqonlarga gʻoʻza parvarishida ushbu usuldan samarali foydalanishni tavsiya etdilar.

