Toshkent davlat agrar universitetida “Barqaror suv resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va ekologik boshqaruv masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “AgroEkoKlub” liderlari Shoira Valiyeva va Dilnavoz Xamraeva, vazirlik bo’lim boshlig’i B.Yusupov, Respublika agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov hamda xalqaro ekspertlar Dr. Sabine Blumshtayn va Shaxboz Axmedov ishtirok etishdi.
Tadbir davomida suv xavflarini baholash, suv stewardship strategiyalari, havza darajasidagi suv boshqaruvi, transchegaraviy suv hamkorligi, ESG tamoyillari va barqaror rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida ekologik barqarorlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishlariga moslashish hamda suv resurslarini samarali boshqarish borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.




