Seminarda Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi (AKIS) xodimlari, mahalliy fermerlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi ilmiy-innovatsion tadqiqotlar, istiqbolli don va dukkakli ekinlar navlari hamda ularni hududning agroekologik sharoitlarida samarali yetishtirish agrotexnologiyalarini amaliy jihatdan namoyish etish, ishtirokchilarni ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

