Do‘lana girdak kuyasi va unga qarshi kurash

Tangachaqanotlilar asosan, olma, nok, behi, gilos, olcha, shaftoli, do‘lana barglarini g‘ovaklaydi. Bitta bargda 40 tagacha g‘ovak hosil qiladi. Kapalaklari aprel oyida uchadi va tuxumini bargning ostki tomoniga 80 tagacha qo‘yadi.

Lichinkalari tuxum qobig‘ini kemirib, tashqariga chiqmagan holda o’simlik bargiga kirib ketadi. Oziqlanib bo‘lgach, qurtlar bargning ostki tomonida g‘umbaklanadi. Zararkunanda bir yilda 3-4 avlod berib rivojlanadi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida uchraydi ayniqsa, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarining janubiy chegaralarida ko‘p uchraydi.

Zararkunandaga qarshi kimyoviy kurash chorasi samarali hisoblanadi. Bunda «Dva-Trin 10%» em.k., «Talstar 10%» em.k. preparatlari 0,4–0,6 ga/l miqdorda erta bahorda barglar shakllanganda hamda yoz oylarida mavsum davomida 2 marta qo‘llaniladi.

Прокрутить вверх