O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi tomonidan sohadagi olim va mutaxassislar bilan hamkorlikda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga sabzavotning noan’anaviy turlarini yetishtirish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berib borish amaliyoti yo’lga qo’yilgan.
Jumladan, Xatirchi tumanining “Mirishkor” va “Qo‘rg‘oncha” MFY hududlaridagi dehqon xo’jaliklariga brokkoli yetishtirish muhim hisoblangan agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida olib borish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar dehqonlarning daromadini oshirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




