Biochar hamda Jivamrid yerga qo‘llash

Respublika agroxizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan hududlarda biologik toza o‘g‘it — “Biochar” hamda “Jivamrid”ni yerga to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha amaliy seminarlar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi ana shunday seminar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Beklar fayzli» fermer xo’jaligida o‘tkazildi. Unda fermerlar, dehqon xo‘jaliklari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan “Biochar” va “Jivamrid” bioo‘g‘itlarining tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati, ularni qo‘llash texnologiyasi hamda agrotexnik talablarga rioya etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Amaliy jarayonlar orqali esa ushbu o‘g‘itlarni yerga solishning to‘g‘ri usullari ko‘rsatib berildi.

Ta’kidlanganidek, biologik o‘g‘itlardan oqilona foydalanish nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki tuproqning tabiiy tarkibini saqlash, ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim omil hisoblanadi.

Прокрутить вверх