
Joriy yilning 9-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani, Mo‘g‘ol mahalla fuqarolar yig‘inida “Intensiv olma va nok bog‘dorchiligi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbir Agroxizmatlar markazi, “Agrobank” ATB huzuridagi Fermerlar maktabi hamda “Baxmal AgroStar” MChJ hamkorligida tashkil etildi. Seminar davomida Fermerlar maktabi agronom-mutaxassisi Mansur Yo‘ldoshev tomonidan ma’ruza qilindi.
Seminarda Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi I. Xamroyev, nihol yetishtirish bo‘yicha Eronlik mutaxassis Farzona Muntaziri, zararkunanda va kasalliklar bo‘yicha ekspert Mehron Yaktoparastlar o‘z tajriba va tavsiyalari bilan bo‘lishishdi.
Seminarga yangi bog‘ barpo etishni istovchilar, bog‘dorchilikda hosildorlik va samaradorlikni oshirishni xohlaganlar va ilg‘or agrotexnologiyalarga qiziquvchilar taklif etildi.
Shuningdek, seminar ishida fermerlar kengashi a’zolari, tomorqa va dehqon xo‘jaligi egalari, xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.





