Имя автора: Munisbek Rajobov

biochar (bioko‘mir) qo‘llangan holda ekilib, muvaffaqiyatli unib chiqdi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi demo maydonchalarda Respublika agroxizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan urug‘lar (kabutar no‘xat, Afrika tariqi, Italiya mastagi, jo‘xori, xashaki lavlagi, o‘tkirbarg loviya, bamiya, Xitoy vignasi hamda qizil sebarga urug‘lari) biochar(bioko‘mir) qo‘llangan holda ekilib, muvaffaqiyatli unib chiqdi. Ekinlar tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanmoqda va rivojlanish jarayoni davom etmoqda.

Tuproqning sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiya

O‘zbekiston sharoitida mevali daraxtzorlar tashkil qilishda tuproqning sho‘rlanganlik darajasini bilish juda ham zarur hisoblanadi. Chunki yurtimizdagi juda ko‘p yerlar turli darajada sho‘rlangan. Laboratoriya sharoitisiz tuproq sho‘rlanishini portativ EC metrda o‘lchash. Bu eng sodda va oson usul bo‘lib, bunda tuproqdagi umumiy tuzlarning miqdorini va sho‘rlanish darajasini aniqlash mumkin.EC natijalariga ko‘ra: -0-2 dS/m — sho‘rlanmagan-2-4 dS/m —

Bodring yetishtirishga oid agrotexnik tadbirlar

Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: O‘zbekiston-740, Zilol, Parad, Konkurent, Navro‘z, Omad, Talaba va Gollandiya. F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina. Urug‘ tanlash: Ekiladigan bodring urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 1-2 soat

Izboskan tumanida g‘o‘zalar ilk gullarini ochdi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Andgold” tekstil klasteri paxta maydonlarida g‘o‘zalarning ilk gullashi kuzatilmoqda. Bu agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilgani hamda ilmiy yondashuvning samarali natijasidir.

Suyakdan bioo‘g‘it tayyorlash

Samarqand viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan suyakdan bioo‘g‘it tayyorlash bo’yicha video-qo’llanma tayyorlandi.

To‘rtko‘l tumani “Xurshida Ziyoda” fermer xo‘jaligida tajriba tariqasida oq, qizil va ko‘k rangli plyonkalar ostiga ekilgan chigit maydonlaridagi g‘o‘zaning rivojlanish holati o‘rganildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Xurshida Ziyoda” fermer xo‘jaligida tajriba tariqasida oq, qizil va ko‘k rangli plyonkalar ostiga ekilgan chigit maydonlaridagi g‘o‘zaning rivojlanish holati o‘rganildi. Shuningdek, mazkur maydonda“Yuma Green” kompaniyasining “Biovak Y24” preparati qo‘llanilgan g‘o‘za maydonlarining holati ham ko‘zdan kechirilib, preparatning g‘o‘za rivojiga ta’siri tahlil qilindi.

«Xin Lu Zhong 87»

Toshkent viloyati Bo’ka tumanidagi «Farrux Agro Zamin» fermer xo’jaligida ekilgan «Xin Lu Zhong 87» paxta navining rangli plyonka ostiga hamda ochiq maydonga ekilgan holati yuzasidan fenologik kuzatuv olib borildi. Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov fermer bilan suhbat olib bordi hamda agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Andijon viloyati Agroxizmatlar markazining tajriba maydonlarida g‘o‘za parvarishi bo‘yicha agrotexnik tadbirlar davom etmoqda.

Andijon viloyati Agroxizmatlar markazining tajriba maydonlarida g‘o‘za parvarishi bo‘yicha agrotexnik tadbirlar davom etmoqda. Xususan, yog‘ingarchiliklardan keyin maydonlarda tuproq qatqalog‘ini yumshatish, namlikni qochirish, havo almashinuvini yaxshilash hamda g‘o‘zaning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash maqsadida chuqur yumshatish ishlari sifatli tashkil etildi.

Прокрутить вверх