Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Chekhitoy MFY hududida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy tajriba ishlari olib borilmoqda.
Xususan, 10 sotix maydonda “machalka” (lyuffa) ekini yetishtirilgan bo‘lib, mazkur maydonga jami 700 dona ko‘chat ekilgan.
Ekin maydoniga agrotexnik tadbirlar doirasida 50 kg ammofos hamda 200 kg karbamid mineral o‘g‘itlari qo‘llanilgan
Ayni vaqtda o‘simliklarning rivojlanishi va hosildorligi kuzatilib, yetishtirilgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari hamda undan keyingi foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Mazkur tajriba hududda muqobil va qo‘shimcha daromad keltiruvchi ekinlarni yetishtirish, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan amaliy ahamiyatga ega.

