Xabaringgiz bor Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan hududlar bo’ylab tizimli ravishda ko’rgazmali dala seminarlari tashkil etilib kelinmoqda.
Ana shunday seminarlarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog’ va Kitob tumanlarida tashkil etildi.
Seminarda Respublika agroxizmatlar markazining mutaxasisslari hududiy fermer xo’jalik rahbarlari va dexqonlar ishtirok etdi.
Seminar davomida Yakkabog‘ tumanidagi “BEST SEEDS” MChJning urug‘lik don tayyorlash korxonasi va laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxonaning urug‘lik bug‘doyni dorilash, tindirish va saqlash jarayonlari yuzasidan amaliy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan issiqxonadagi limon ko‘chatlari parvarishi, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.
Shuningdek Kitob tumanidagi Savzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasida yangi navlar iqlim va qurg‘oqchilikka mos ekinlar hamda to‘qsonbosti ekinlari yetishtirilayotgan tajriba maydonlari yetishtirilayotgan tajriba maydonlari o‘rganildi.
Dala seminarida yangi navlarni ko‘paytirish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish hamda sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.








