Yuksak ilmiy e’tirof muborak!

Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi direktori, Qudratjon Yusupovni iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy daraja va unvonga erishgani bilan Respublika Agroxizmatlar markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu yuksak ilmiy e’tirof Qudratjon Muxammadqodirovichning ko‘p yillik ilmiy-izlanishlari, samarali mehnati, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish yo‘lidagi faoliyatining munosib natijasidir.

Mazkur yutuq nafaqat olimning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Respublika Agroxizmatlar markazi jamoasi uchun ham katta faxr va quvonchdir.

Hurmatli Yusupov Kudratjon Muxammadqodirovich! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar hamda kelgusidagi ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yuksak ilmiy daraja va unvoningiz muborak bo‘lsin!

Прокрутить вверх