Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “ANDGOLD TECH GROUP” paxta-to‘qimachilik klasterining 26 gektarlik paxta maydonida etefon va drojdan foydalanish samaradorligi mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Mazkur maydonga 6-avgust kuni etefon preparati, 9-avgust kuni esa gektariga 2 kg me’yorida droj sepilgan. Ayni paytda paxta chanoqlarining ochilish jarayoni tahlil qilinib, dastlabki natijalar ijobiy ekani qayd etilmoqda.
Keyingi bosqichda maydonga “Avguron” defolianti bilan ishlov berish rejalashtirilgan.

