Namangan viloyati Mingbuloq tumanida “Etefon” preparati qo‘llanilgan paxta maydonlari o‘rganildi

Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Istiqbol” MMTP hududida joylashgan “Baxtiyor Abdusalomov” fermer xo‘jaligida g‘o‘zani pishib yetilishini jadallashtirish maqsadida “Etefon” preparati bilan ishlov berilgan paxta maydonlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida preparat qo‘llanilgan maydonlarda g‘o‘zaning rivojlanishi, ko‘saklarning pishib yetilishi hamda barglarning to‘kilish jarayoni kuzatildi.

Mutaxassislar tomonidan daladagi agrotexnik tadbirlarning holati tahlil qilinib, paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх