“TOSHKENT ERTAGISI” — ULTRA-ERTAPISHAR KARTOSHKA NAVI

“Toshkent ertagisi”— Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan mahalliy kartoshka navi.

Navning asosiy xususiyatlari:
O‘suv davri — 65–70 kun; Hosildorligi — 27–28 t/ga gacha;
Tuganaklari sarg‘ish rangda, uzunchoq-oval va biroz yumaloq shaklda;
Ko‘zlari kam, mayda va yuzaki joylashgan;
Bir dona tuganakning o‘rtacha vazni — 100–115 gramm;
Tovarbopligi va bozorbopligi yuqori.

Yetishtirish:
Nav ertagi muddatda 15-fevraldan 15–20-martgacha, kechki muddatda esa 10-iyundan 20-iyulgacha ekish uchun tavsiya etiladi. Sug‘orish va o‘g‘itlash me’yorlari tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Прокрутить вверх