Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Ravshan Kurbonov tomonidan Bag‘dod tumanidagi «Solijon Ahmedov» fermer xo‘jaligida «Shinjon» usulida rangli plyonkalar ostida yetishtirilayotgan g‘o‘za maydonida fenologik kuzatuvlar olib borildi.
Kuzatuvlar davomida g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish bosqichlari, rangli plyonkalar qo‘llanilgan maydonlarning holati hamda agrotexnik tadbirlar samaradorligi joyida baholandi.
Olingan natijalar asosida fermer xo‘jaligi mutaxassislariga mavsumni samarali yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

