Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov rahbarligida agroxizmatlar sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hududiy agroxizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko’rib chiqib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsion “100 ta tashabbus”,
takroriy ekin maydonlaridan samarali foydalanish,
biochar bioo‘g‘itini tuproqqa qo‘llashning afzalliklari,demo va tajriba maydonlarini tashkil etish,paxtachilikdagi 8 ta muhim agrotexnik qonunni hududlarda keng targ‘ib etish hamda “Ekologik toza dala” tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.







