Jizzaxda tomchilatib sug‘orish orqali piyoz yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishilmoqda

Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy agrotexnologiyalar va suv tejovchi usullarni joriy etish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Tajriba maydonida AKIS mutaxassisi Islombek Hamroyev tomonidan parvarish qilinayotgan Hollandiyaning “Daytona F1” piyoz navi bunga yaqqol misoldir. To‘g‘ri agrotexnik ishlov berish va tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgani sababli 10 sotix yer maydonidan 12 tonnagacha sifatli hamda ekologik toza hosil olish kutilmoqda.

Ekinni tomchilatib sug‘orish orqali parvarishlash suv resurslarini 30–40 foizgacha tejash, doza va ozuqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildizga yetkazib berish hamda ekinni kasallik va zararkunandalardan samarali himoya qilish imkonini beradi.

Прокрутить вверх