✅Avval xabar berganimizdek, Qishloq xoʻjaligi vaziri tashabbusi bilan qizil va uzoq qizil spektrli lampalar yordamida ishlov berilgan urugʻlik kartoshkalarni takroriy ekin maydonlariga ekish ishlari hududlarda keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida dastlab qizil spektrli lampalar yordamida ishlov berilgan “Gala” va “Santa” navli urugʻlik kartoshkalari takroriy ekin maydonlariga ilmiy asoslangan agrotexnik talablar asosida ekilmoqda.
Ekish jarayonida urugʻliklarning belgilangan meʼyor va chuqurlikda joylashtirilishi, sugʻorish hamda keyingi parvarish tadbirlarini sifatli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur innovatsion texnologiya urugʻlik tuganaklarining fiziologik faolligini oshirish, bir maromda unib chiqishini taʼminlash hamda takroriy ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qiladi.






