Beshariq tumanida takroriy mosh yetishtirish bo‘yicha tajriba

AKIS Beshariq tumani mutaxassisi Ro‘zmatov Anvarjon 5 gektar maydonda moshning 5 xil navi — Durdona, Barqaror, Istiqlol, Navro‘z va Qahrabo navlarini 3 xil usul hamda turli ekish sxemalarida ekib, tajriba o‘tkazmoqda.

Tajribada ishtirok etayotgan Istiqlol navi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida, Barqaror va Durdona navlari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida, Navro‘z hamda Qahrabo navlari esa Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.

Ushbu tajribadan maqsad — kombaynda yig‘ib olishga mos, erta pishar, yuqori hosildor va iqtisodiy jihatdan samarali navlarni aniqlab, ularni dehqonlarimizga tavsiya etishdir.

Прокрутить вверх