Qishloq xo‘jaligida raqamli xizmatlar yanada takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli xizmatlarni joriy qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” (Agroportal) yagona integratsiya platformasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

Jumladan:
Agroportal qishloq xo‘jaligi sohasida davlat va xususiy elektron xizmatlarni ko‘rsatishning yagona nuqtasi sifatida faoliyat yuritadi;
fermer va dehqon xo‘jaliklari ekinlarni mustaqil joylashtirish hamda elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
yer ijara shartnomalariga o‘zgartirish kiritish davlat xizmati Agroportal orqali elektron shaklda amalga oshiriladi;
barcha xizmatlar bo‘yicha shaxsiy kabinet, QR-kod va elektron hujjatlar repozitoriyasi joriy etiladi.

Shuningdek:
“Agromonitoring” axborot tizimi orqali agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi monitoring qilinadi;
monitoringda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, dronlar va sohaviy axborot tizimlari ma’lumotlaridan foydalaniladi;
elektron xizmatlar uchun hisob-kitob va to‘lovlar “Agrobilling” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Прокрутить вверх