Issiq havo, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va zararkunandalar bosimi sharoitida amaliy tavsiyalar
Mazkur infografikalar to‘plami fermer xo‘jaliklari, klasterlar, agronomlar va dehqonlar uchun g‘o‘zada kremniy (Si) asosidagi o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha sodda, amaliy va fermerbop qo‘llanma asosida tayyorlandi.
Infografikalarda quyidagi mavzular yoritilgan:
— Kremniyning g‘o‘za uchun asosiy foydalari
— Bozorda uchrashi mumkin bo‘lgan kremniyli preparatlar
— Kremniyli o‘g‘itlarni qo‘llashning asosiy amaliy protokoli
— Ishchi eritmani tayyorlash va qo‘llash tartibi
— Kremniy qo‘llanganda kutiladigan natijalar
— Qo‘llashdagi ehtiyot choralari
— Fermerlar uchun qisqa xulosa va amaliy tavsiyalar
Ushbu materiallar kremniyli o‘g‘itlardan ilmiy asoslangan holda samarali foydalanish, g‘o‘zaning stress omillariga bardoshini oshirish hamda hosildorlik va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.









