Bog‘larda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar berildi

Xorazm viloyati Xiva tumani Chinobod hududidagi “Chinobodli Sherzod” fermer xo‘jaligida mevali bog‘larda uchraydigan kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda agrotexnik parvarish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mutaxassis tomonidan bog‘larda sog‘lom hosil yetishtirish uchun profilaktik ishlovlar, begona o‘tlarga qarshi kurash, me’yoriy sug‘orish va oziqlantirish hamda daraxtlarni to‘g‘ri shakllantirishning ahamiyati tushuntirildi.

Прокрутить вверх