Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Zafarobod hududida fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida dala sharoitida «Jivamrit» biologik o‘g‘itini tayyorlash va uni ekin maydonlarida qo‘llash bo‘yicha ko‘rgazmali-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan «Jivamrit«ning tarkibi, tayyorlash texnologiyasi, qo‘llash me’yorlari hamda uning tuproq unumdorligini oshirish va ekinlar rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, fermerlarga biologik dehqonchilik elementlarini keng joriy etish, resurslarni tejash va yuqori hosildorlikka erishishdagi amaliy ahamiyatlari to’g’risida tushunchalar taqdim etildi.
Bunday seminarlar zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, fermerlarning bilim va tajribasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.




