Qashqadaryo viloyati Agroxizmatlar markazi direktori I. To‘rayev hamda Xitoydan tashrif buyurgan tajribali agronom mutaxassislar Muborak va Koson tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida monitoring va kuzatuv ishlarini amalga oshirdi.
O‘rganishlar davomida g‘o‘zaning Xitoydan import qilingan “Xin Lu Zao-73” navi vegetativ holati, amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar va kelgusidagi ishlar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan fermerlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Mutaxassislar agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali gektaridan 70–80 sentnergacha hosil olish mumkinligini ta’kidladi.
Xalqaro tajriba, innovatsion yondashuv va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish — qishloq xo‘jaligida barqaror va yuqori natijalarning muhim omilidir.






