Andijon viloyatida jut yetishtirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

Andijon viloyati Agroxizmatlar markazi rahbar va mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l tumani, Qo‘chqarov massividagi “Mamayunus orzusi” fermer xo‘jaligida ekilgan jut maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Seminar davomida markaz direktori A. Umarov tomonidan jut ekinida bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ekinning o‘sishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, jut ekinida “Jivamrit” bioo‘g‘itini qo‘llash texnologiyasi, uning tarkibidagi foydali mikroorganizmlar va oziqa elementlarining o‘simlik rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Прокрутить вверх