Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasida Gruziyadan keltirilgan zaytunning “Gemlik” navi ilk hosilga kirdi. Mazkur jarayonda Surxondaryo viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari uni parvarishlash va hosildorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiya va maslahatlari bilan ko‘maklashdi.


