Bo‘ka tumani, Navoiy hududidagi “Temur” fermer xo‘jaligi dala maydonida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R. Norbekov, Bo‘ka tumani hokimi S. Isakulov, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazining Bo‘ka tumani bosh mutaxassisi K. Boyquziyev hamda xitoylik mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbir davomida g‘o‘za agrotexnikasida bugungi kundagi dolzarb masalalar, g‘o‘za o‘sishini boshqarishda “Sajan” preparatini qo‘llash me’yorlari, “Agrosera”hamda ”Biovak” preparatidan foydalanish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish muddatlari hamda boshqa agrotexnik tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil va qoniqarli javoblar oldilar.






