SIRDARYODA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminar doirasida suv ta’minoti murakkab bo‘lgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishni tashkil etishga qaratilgan innovatsion yechimlar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan, import o‘rnini bosuvchi “Agrosera” kompleks vositasining imkoniyatlari ishtirokchilarga tanishtirildi.

Tadbir davomida “Agrosera” kompleks vositasining suvni tejash, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali parvarishlashdagi afzalliklari amaliy ko‘rgazmalar orqali namoyish etildi.

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish soha samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх