Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Hamkor namuna” fermer xo‘jaligida baliq ko‘lida yetishtirilayotgan sholi maydonining bugungi holati o‘rganildi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Hamkor namuna” fermer xo‘jaligida baliq ko‘lida yetishtirilayotgan sholi maydonining bugungi holati o‘rganildi.

Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ishtirokida tajriba maydoni ko‘zdan kechirilib, sholi nihollarining o‘sish va rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, ekinni parvarishlash, oziqlantirish hamda suv rejimini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun, mazkur maydonda sholi ekish ishlari joriy yilning 18-aprel kuni to‘liq yakunlangan bo‘lib, bugungi kunda nihollarning o‘sishi jadal davom etmoqda. Ekinlarning holati qoniqarli bo‘lib, rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshi baholanmoqda.

Ushbu innovatsion texnologiya suv resurslaridan samarali foydalanish, baliqchilik va dehqonchilik yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish hamda yer va suvdan unumli foydalanishga xizmat qilmoqda

Прокрутить вверх