INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR – QISHLOQ XO‘JALIGI TARAQQIYOTI GAROVI

Joriy yilning 8-iyun kuni Respublika agroxizmatlar markazida ishloq xo‘jaligida yangi innovatsion texnologiyalarni respublika hududlarida joriy etish ko‘lamini kengaytirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag’ishlangan seminar yig‘ilishi tashkil etildi.

Seminarda doirasida suv ta’minoti murakkab bo‘lgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini innovatsion texnologiyalar yordamida sug‘orishni tashkil etish loyihasi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan, import o‘rnini bosuvchi “Agrosera” kompleks vositasining imkoniyatlari tanishtirildi.

Seminar davomida innovatsion yechimlarning amaliy afzalliklari, ularni hududlarda joriy etish istiqbollari hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Qishloq xo‘jaligida har bir tomchi suv, har bir innovatsion g‘oya va har bir zamonaviy texnologiya yuqori samaradorlik sari tashlangan muhim qadamdir. Bunday hamkorlik va tajriba almashuvlari esa agrar sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх