Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: O‘zbekiston-740, Zilol, Parad, Konkurent, Navro‘z, Omad, Talaba va Gollandiya. F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina.
Urug‘ tanlash: Ekiladigan bodring urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 1-2 soat ivitib qo‘yiladi.


