Nazariya va amaliyot uyg’unligi

Respublika agroxizmatlar markazining hududiy bo’limlari faoliyati bilan tanishish maqsadida bir qator o’quv amaliy seminarlar o’tkazilmoqda.

Ana shunday seminarlardan navbatdagisi Sirdaryo viloyatida tashkil etildi. Guliston davlat universitetining Agronomiya yo‘nalishi talabalari Sirdaryo viloyati agroxizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalarga Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan markazda mavjud laboratoriya jihozlari, innovatsion yondashuvlar hamda demo maydonchada yetishtirilayotgan ekin turlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu jarayonlar talabalarning kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotda qo’llash va kelajakdagi faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх