Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Bekobod MFYda urug‘lik kartoshka tuganaklarini ekishga tayyorlashning samarali usullaridan biri – qizil nur yordamida nishlatish texnologiyasi amaliyotda qo‘llanildi.
Mazkur usulda urug‘lik kartoshka tuganaklari xona sharoitida, 20–25°C haroratda 15–30 kun davomida qizil nur ta’sirida nishlatiladi. Natijada tuganaklarda sog‘lom va kuchli nihollar shakllanadi, bu esa ekinlarning tez unib chiqishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qizil nur yordamida ishlov berish texnologiyasi urug‘lik materialining sifatini yaxshilash, kasalliklarga chidamliligini oshirish hamda kartoshka yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ahamiyatga ega.
Urug‘lik kartoshka tuganaklarini zamonaviy agrotexnologiyalar asosida nishlatish ekish jarayonining samaradorligini oshirib, kelgusida mo‘l va sifatli hosil olish uchun mustahkam zamin yaratadi.



