Bogʻ va tokzorlarni sovuqdan asrash bo‘yicha joylarda tushuntirish va amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda

Respublikamiz hududiga sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli topshirig‘iga muvofiq Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari ob-havoning qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sirini oldini olish bo‘yicha soha olimlari va mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida joylarda fermerlar hamda aholi vakillari uchun tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, bog‘larda chirigan mahalliy o‘g‘it hamda xas-xashaklardan foydalanib tutun (dud) hosil qilish, daraxtlarga zarar yetkazmagan holda bog‘ni sug‘orishni tashkil etish orqali sovuq ta’sirini kamaytirish usullari amaliy tarzda ko‘rsatib berilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar va qo‘llanmalar fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda aholi vakillariga yetkazilmoqda.

Olib borilayotgan ushbu ishlar bog‘ va tokzorlarni sovuqdan himoya qilish, hosilni asrab qolish hamda fermerlarning bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх