Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Respublika agroxizmatlari markazida ayni mavzuda davra suhbati tashkil etilib, Temuriylar saltanati bunyodkori bo‘lgan Sohibqironning jasorati, adolatga sodiqligi va davlat boshqaruvidagi ulkan tajribasi bugun ham barcha sohada o’rnak bo’lib xizmat qilayotgani haqida so‘z yuritildi.
Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda milliy tariximizga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat va o’z kasbiy faoliyatiga ma’suliyat bilan yondashish tuyg’ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





