O’zbekiston qishloq xo’jaligida yangi bosqich— «AirFarm» texnologiyasi!

O’zbekistonda Midbar Co Ltd kompaniyasining zamonaviy issiqxonalar tizimi — AirFarm texnologiyasini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Koreyadan O’zbekistonga 4 ta zamonaviy «AirFarm» texnologiyasi uchun mo’ljallangan issiqxona uskunalari keltirilib, 3 tasi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga va 1 tasi Respublika agroxizmatlari markaziga o’rnatildi.

Sinov tariqasida o’rnatilgan uskunalarda salat bargi, ko’katlar va mahalliy kartoshka navlarini yetishtish bo’yicha dastlabki jarayonlar boshlandi.

AirFarm texnologiyasi – resurslarni tejash, yuqori hosildorlik va ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beruvchi kelajak yechimidir.

Прокрутить вверх