Joriy yilning 16-fevral sanasida Do’stlik tumani bosh mutaxassisi A.Umirzakov tomonidan Paxtakor tumani fermer xoʼjalik rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida qishloq xoʼjalik ekinlaridan yuqori hosil olishda tuproq unumdorligini oshirishning ahamiyati, tuproq namunalarini toʼgʼri olish va ularni laboratoriya tahlilidan oʼtkazish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tuproq tahlili – bu fermerlar uchun zarur bo‘lgan eng muhim jarayonlardan biridir. U yer maydonlarining samaradorligini oshirishda kalit rolini o‘ynaydi. Tuproq tahlili orqali, fermerlar tuproqdagi ozuqa moddalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar va shu asosda hosildorlikni yaxshilash uchun zarur choralarni ko‘radilar.
O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi uchun 17 ta muhim ozuqa moddalarga muhtoj. Bular orasida, azot (N), fosfor (P), kaliy (K) kabi moddalar juda muhim hisoblanadi. Bu elementlar tuproqdan olinadi va har bir o‘simlik turiga ko‘ra ularning talabi farq qiladi.
Shuningdek, olingan tahlil natijalari asosida tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur seminar kursi fermer xoʼjaliklarida yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda sifatli mahsulot yetishtirishga xizmat qiladi.




