Tuzlarni o‘simliklar ildiziga nisbatan pastroq joylashgan yer qatlamlariga yuvib tushirish bo‘lib, bunga sho‘r yuvish orqali erishish mumkin.
Bu 2 ta harakatni o‘z ichiga oladi, ortiqcha tuzlar yuviladi va shu vaqtni o‘zida ular sunʼiy kollektor-zovur tarmoqlari yordamida daladan tashqariga chiqarib tashlanadi.
Sho‘rga chidamli o‘simliklar va galofitlar ekish, masalan: jo‘xori, qizilmiya, semizo’t, indigoferra (bo’yoq olinadi), beda va boshqalar.
Tuproqdagi sho‘rlanishni pasaytirish, uning pH tarkibini neytrallashtirish uchun maxsus suyuq o‘g‘itlar qo‘llanilganda hosildorlik ortishiga ham sabab bo‘ladi. O‘simlik ekilganidan boshlab, faol vegetatsiya davrigacha ildiz ostidan va tomchilash tizimi orqali yuboriladi.



